O‘zbekiston
yangiliklari

Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi
SPORT
00:17, 28 ноябрь 2020
75
0

UEFA matbuot xizmati Yevropa Ligasi 4-tur yakunlari bo‘yicha haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.

Foto: UEFA

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Tottenhem” hujumchisi Karlos Vinisius turning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgan. Braziliyalik futbolchi “Ludogorets”ga qarshi o‘yinda (4:0) ikkita gol va bitta golli uzatma muallifiga aylangandi.

Shuningdek, ushbu sovrin uchun quyidagi futbolchilar nomzodi ham qo‘yilgandi:

  • Nikolya Pepe (“Arsenal”) — “Molde”ga qarshi o‘yinda (3:0) gol;
  • Kodi Gakpo (PSV) — PAOK jamoasiga qarshi o‘yinda (3:2) bitta gol va golli uzatma;
  • Kerem Demirbay (“Bayer”) — “Xapoel”ga qarshi uchrashuvda (4:1) gol va 93% uzatmalar aniqligi.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив