O‘zbekiston
yangiliklari

UFC chempioni Kamaru Usmon Ramzan Qodirovning farzandlari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi (video)

UFC chempioni Kamaru Usmon Ramzan Qodirovning farzandlari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi (video)
SPORT
00:17, 28 ноябрь 2020
51
0

Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usmon (17-1) Chechenistonga tashrif buyurdi.

Yakkakurashchi maxsus xizmat tayyorgarligi markaziga bordi. U yerda Kamaru turli o‘qotar qurollarni sinovdan o‘tkazdi va harbiy mashinalarda harakatlandi.

Shuningdek, Usmon “Axmat” jangchilar klubiga tashrif buyurdi va u yerda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘illari bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Kelib chiqishi nigeriyalik bo‘lgan Kamaru 2019-yilning martida Tayron Vuldi mag‘lub etgan holda yarim o‘rta vazn chempionligi qo‘lga kiritgandi. Shu vaqtga qadar Usmon ikki bor kamarni himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив