O‘zbekiston
yangiliklari

Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas oldirish apparatini sovg‘a qiladi

Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas oldirish apparatini sovg‘a qiladi
JAMIYAT
00:17, 28 ноябрь 2020
20
0

Turkiya O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas oldirish apparatini sovg‘a qiladi, deya xabar qildi Anadolu agentligi.

Foto: Anadolu

Qayd etilishicha, bu haqda 2020-yil 20-maydagi sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim matnida aytilgan. Hujjat 27-noyabr kuni Turkiya hukumatining rasmiy nashri – Resmi Gazete’da e’lon qilindi.

Hujjat uchta moddadan iborat. Birinchi moddaga ko‘ra, Turkiya koronavirus pandemiyasi fonida sun’iy nafas oldirish apparatini O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga sovg‘a qiladi.

Avvalroq Polsha O‘zbekistonga 300 ming dollarlik insonparvarlik yordami yuborgani hamda AQSh O‘zbekistonga 200 ta sun’iy nafas berish apparatini taqdim etgani haqida xabar qilingandi.

Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив