O‘zbekiston
yangiliklari

Toshkent shahar IIBBda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Toshkent shahar IIBBda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
JAMIYAT
00:17, 28 ноябрь 2020
145
0

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Aziz Zokirov Toshkent shahar IIBB Harbiy-safarbarlik bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Jasurbek Abdullayev Toshkent shahar Yangihayot tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, podpolkovnik Murod Raimov Toshkent shahar Yangihayot tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 11-noyabr kungi qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi. Tuman maydoni poytaxt va Toshkent viloyatidagi 6 tuman hududi hisobiga kengaytirilgan.

Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив