O‘zbekiston
yangiliklari

Rossiyaning Astraxan viloyati 2021-yilda O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Rossiyaning Astraxan viloyati 2021-yilda O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi
JAMIYAT
00:17, 28 ноябрь 2020
49
0

Rossiyaning Astraxan viloyati qishloq xo‘jaligi vaziri va O‘zbekiston vakillari videokonferensiya shaklida o‘tgan uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “Astraxan” yangiliklar portali xabar berdi.

Foto: “Astraxan” yangiliklar portali

Ma’lum qilinishicha, Astraxan viloyatida qonuniy ishlayotgan mehnat migrantlari soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston vakillari Astraxan viloyati mamlakatning eng muhim hamkori ekanligini ta’kidladi va mazkur viloyat bilan kelgusida hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilayotganini bildirdi.

Astraxan qishloq xo‘jaligi vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2021-yilda viloyat qishloq xo‘jaligi ishlariga 10 ming mehnat migrantini qabul qilishga tayyor. Shuningdek, qurilish va baliqni qayta ishlash sohalariga ham ishchilarga talab mavjud.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma rejani belgilab olishga kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi qurilish ishlarida ishlash uchun 249 nafar O‘zbekiston fuqarosi 12-noyabr kuni Irkutsk va Amurga jo‘nab ketgandi.

Avvalroq Rossiyaning Kemerovo shahri aeroporti qurilishida ishlash uchun 164 nafar O‘zbekiston fuqarosi 6-noyabr kuni charter reys orqali jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, sentabr oyida “Gazprom” zavodi atrofidagi qurilishlarda ishlash uchun 231 nafar, Amur viloyatidagi zavod qurilishida ishlash uchun 346 nafar o‘zbekistonlik Rossiyaga jo‘nab ketgandi.

Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив