O‘zbekiston
yangiliklari

“Real” “Alaves”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi

“Real” “Alaves”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi
SPORT
00:17, 28 ноябрь 2020
36
0

Madridning “Real” klubi La Liga 11-turi doirasida “Alaves”ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Foto: Twitter/@realmadrid

Zinedin Zidan qaydnomaga 19 nafar futbolchini kiritdi. Koronavirusdan xalos bo‘lgan Eder Militao va Kazemiro safga qaytgan.

Himoyachilar Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Alvaro Odriosola, yarim himoyachi Federiko Valverde va hujumchi Karim Benzema jarohat sabab o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, Luka Yovich koronavirus tufayli madridliklarga yordam bera olmaydi.

“Real”ning qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diyego Altube;

Himoyachilar: Eder Militao, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Ferlan Mendi;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Martin Edegor, Isko;

Hujumchilar: Eden Azar, Marko Asensio, Lukas Vaskes, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes.

“Real” — “Alaves” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 28-noyabrdan 29-noyabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив