O‘zbekiston
yangiliklari

Oqdaryoda tanishining Lacetti’sini olib qochgan mast haydovchi beton to‘siqni buzib o‘tdi

Oqdaryoda tanishining Lacetti’sini olib qochgan mast haydovchi beton to‘siqni buzib o‘tdi
JAMIYAT
00:17, 28 ноябрь 2020
14
0

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tanishining Lacetti avtomobilini olib qochgan mast kishi mashinani beton to‘siqqa urdi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Foto: Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 2-noyabr kuni soat 15:00 larda 33 yoshli Feruz N. o‘ziga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib, tanishlari 33 yoshli Olim M. va 30 yoshli Jasur P. bilan birga Oqdaryo tumani Loyish shaharchasi Navro‘z ko‘chasida joylashgan oshxonaga ovqatlanish maqsadida borgan.

Ular avtomashinani oshxonaning hovlisida qoldirib, oshxonada tanishlari bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan. So‘ng Feruz N.ning mast holatdagi tanishi Jasur P. unga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinasining eshigi qulflanmaganligidan va o‘t oldirish kaliti turganligidan foydalanib avtomashinani olib qochgan.

Foto: Tergov departamenti

U avtomashinani Oqdaryo tumani “Bolta” qishlog‘ining ichki yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilgan va yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Holat yuzasidan 2020-yilning 24-noyabr kuni Oqdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xorazmda Nexia va Howo to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, Qoraqalpog‘istonda yuz bergan YTH oqibatida 1-sinf o‘quvchisi vafot etgani hamda G‘uzorda Nexia yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib ketishi oqibatida jabrlanuvchi vafot etgani haqida xabar qilingandi.

Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив