O‘zbekiston
yangiliklari

O‘zbekistonda import qilingan shakar yana 20 foizli aksiz solig‘iga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda import qilingan shakar yana 20 foizli aksiz solig‘iga tortilishi mumkin
JAMIYAT
00:17, 28 ноябрь 2020
41
0

“2021-yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, shakar importiga yana 20 foiz aksiz joriy etilishi mumkin.

Foto: Agroinfo

Gap TN VED 170199 kodi ostidagi tovar belgisi haqida ketmoqda: xushbo‘ylantiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakar. Qonun loyihasini ishlab chiqqan Moliya vazirligining ta’kidlashicha, bunda O‘zbekiston hududiga shakar xomashyosini olib kirishga aksiz solig‘i solinmaydi.

O‘zbekistonda shakar importi shartlari har yili, ba’zida yiliga ikki marotaba o‘zgarib turadi. Masalan, 2017-yilda so‘mning devalvatsiyasidan so‘ng, ikkala shakar zavodi ham faoliyatini to‘xtatgan. O‘shanda xorij shakari uchun chegaralar ochilgan, biroq 2019-yilning boshida zavodlar faoliyatini tiklagach, ular yana yopildi.

2020-yildan oq shakar importi yana 20 foiz miqdorida aksiz solig‘iga tortildi, biroq aprelda pandemiya sabab yil oxiriga qadar nol stavkaga qaytarildi.

Shu yilning yoz o‘rtalarida mahalliy shakar ishlab chiqaruvchilar import qiluvchilar bilan raqobat sababli qiyinchiliklarga duch kelayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Chunki aprel boshidan 20 turdagi tovarlar, jumladan, shakar uchun ham boj to‘lovlari va aksiz solig‘i bekor qilingan.

Bundan tashqari, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar ichki bozorda 1-yanvardan boshlab faqat birja savdosi orqali sotilib, barcha toifadagi xaridorlar uchun birja savdosiga teng kirish imkoniyatini ta’minlagan, Rossiyadan keltirilgan shakar esa to‘g‘ridan-to‘g'ri sotilmoqda.

Xalqaro shakar tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston rostan ham Rossiya shakari importini oshirgan. 2020-yilning birinchi yarim yilligida Rossiyadan O‘zbekistonga 213 ming tonna shakar yetkazib berilgan. Taqqoslash uchun, undan oldingi hisobot davrida ushbu ko‘rsatkich nolga teng bo‘lgan.

Rossiya shakarining importi mamlakatdagi hosildorlik yaxshi bo‘lgani natijasida uning narxi tushib ketgani sabab ortgan.

2019-yili Rossiyada qand lavlagi o‘tgan yilgiga nisbatan 29 foizga — 54,3 million tonnaga oshgan. Narxning arzonligi va Rossiya zavodlarining transport orqali yetkazib berishdagi qulayligi rossiyalik shakar eksportchilariga ushbu mavsumda O‘zbekistonga eksportni ko‘paytirish imkonini bergan.

Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив