O‘zbekiston
yangiliklari

Kreml nima uchun Putin pandemiya sharoitida niqobsiz yurgani va qo‘l berib ko‘rishayotganiga izoh berdi

Kreml nima uchun Putin pandemiya sharoitida niqobsiz yurgani va qo‘l berib ko‘rishayotganiga izoh berdi
DUNYO
00:17, 28 ноябрь 2020
49
0

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning 26-noyabr kuni Sarov shahriga (Nijniy Novgorod viloyati) tashrifi davomida niqobsiz yurganiga izoh berdi. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

So‘nggi sutkada Rossiyada koronavirus qayd etilganlar soni keskin oshdi, mamlakat poytaxtida ham kasallanganlar soni ortishi bo‘yicha mutlaq rekord qayd etildi. Shunday sharoitda Putinning Sarovga tashrifi to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilgan lavha faol muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Unda odamlar prezidentni niqob taqmagan, ijtimoiy masofa saqlamagan holda kutib olgani aks etgan, Putinning o‘zida ham niqob ham, qo‘lqop ham bo‘lmagan. Bundan tashqari, u odamlar bilan qo‘l berib so‘rashgan.

“Prezident epidemiologik xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rilgan edi”, — degan Dmitriy Peskov bu vaziyatga izoh so‘ragan jurnalistlarning savoliga javoban. Biroq bu qanday chora ekanligiga aniqlik kiritmagan.

Shuningdek, davlat rahbari ko‘pchilik rossiyaliklar uchun namuna bo‘lgani uchun vaziyat qanchalik xavfliligini ko‘rsatish maqsadida himoya choralariga amal qilishi kerak emasmi, degan savol berilgan.

“Albatta, namuna bo‘lish bu — muhim, ammo prezident borasida u bilan uchrashadigan odamlarning epidemiologik xavfsizligi ham tegishli ravishda ta’minlanganligini unutmaslik kerak. Bu shunchaki oddiy ommaviy nazoratsiz muloqot emas”, — degan prezident matbuot kotibi.

Jurnalistning axir oddiy odamlar buni bilmaydi-ku, degan gapiga javoban Dmitriy Peskov “Mana, shu bahonada ular bu haqda bilib oladi”, deb javob bergan.

Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив