Italiyalik futbol agenti Eldor Shomurodov transferi haqida: “Jenoa” katta xatoga yo‘l qo‘ydi

Italiyalik futbol agenti Marko Trabukki o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning “Rostov”dan “Jenoa”ga transferi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Shomurodovni hech qanday yaxshi vaziyat kutmayapti. “Jenoa”da hujumchi 90 daqiqa ichida uchta yaxshi uzatma qabul qiladi. Bu yaqqol unga teskari. Bu “Jenoa”ning katta xatosi va “Rostov” uchun yaxshi kelishuv.
“Jenoa” nega uni sotib oldi? Ular shunchaki katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Shomurodovga juda ko‘p hujum qiladigan klub kerak. Roman Yeryomenko kabi ajoyib uzatmalar qilib beradigan sherik zarur. Uning “Rostov”dagi so‘nggi yili esa omadsiz bo‘ldi.
Shomurodovni hurmat qilishimni aytgan holda shuni ta’kidlamoqchiman, menimcha, bu muvaffaqiyatsiz transfer. Yaqinda uni yarim narx evaziga Rossiyaga qaytarish mumkin bo‘ladi.
Marko Trabukki, futbol agenti
Shomurodov A Seriya joriy mavsumida uchta o‘yin o‘tkazib birorta ham samarali harakat amalga oshira olmadi. Italiya Kubogi 1/16 finali doirasida o‘tgan “Sampdoriya“ga qarshi o‘yinda (3:1) Eldor golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mavzuga doir:
- Eldor Shomurodov “Jenoa”ning eng yuqori maosh oladigan futbolchilari ro‘yxatida 2-o‘rinda qayd etildi
- “Bunyodkor” va “Mash’al” Eldor Shomurodovning transferidan qancha pul ishlab olishi ma’lum bo‘ldi
- “Jenoa”ga o‘tish, bolaligi, amalga oshgan orzulari, “Chelsi” va Rivaldo haqida Eldor Shomurodov bilan katta intervyu
Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” 4-oktabr kuni Shomurodov transferini e’lon qilgan. Avvalroq “Jenoa” Shomurodov transferi uchun bonuslar bilan birga hisoblaganda 9 million yevro sarflagani xabar qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!