O‘zbekiston
yangiliklari

Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi va eng chiroyli gol muallifi aniqlandi

Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi va eng chiroyli gol muallifi aniqlandi
SPORT
00:17, 28 ноябрь 2020
136
0

“Ayaks” yarim himoyachisi Dushan Tadich Yevropa Chempionlar Ligasining 4-tur yakunlariga ko‘ra haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Foto: Twitter

Serbiyalik futbolchi “Midtyulland”ga qarshi uchrashuvda (3:1) ikkita golli uzatma muallifiga aylangandi.

Ushbu mukofot uchun shuningdek, quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi.

  • Jeydon Sancho (“Borussiya D”) — “Bryugge”ga qarshi o‘yinda (3:0) gol va golli uzatma;
  • Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”) — “Istanbul Bashakshehir”ga qarshi bahsda (4:1) ikkita gol va 77% uzatmalar aniqligi;
  • Robin Gosens (“Atalanta”) — “Liverpul”ga qarshi o‘yinda (2:0) gol va 73% uzatmalar aniqligi;

Haftaning eng chiroyli golini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh g‘olib chiqdi. Uning “Istanbul Bashakshehir”ga urgan ikkinchi goli birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив