O‘zbekiston
yangiliklari

Aleksey Navalniy Yevropa parlamentini rossiyalik milliarderlarga qarshi sanksiya joriy qilishga chaqirdi

Aleksey Navalniy Yevropa parlamentini rossiyalik milliarderlarga qarshi sanksiya joriy qilishga chaqirdi
DUNYO
00:17, 28 ноябрь 2020
38
0

Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy Yevropa Ittifoqini rossiyalik milliarderlarga qarshi shaxsiy sanksiya joriy qilishga chaqirdi. Bu haqda siyosatchi Yevropa parlamentining xalqaro ishlar qo‘mitasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida gapirdi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: Delfi

“Hozircha biz ularga qarshi kurashishga urinishlarni ko‘rmayapmiz. Rossiyadagi (Alisher) Usmonov va (Roman) Abramovich Yevropadan haydab chiqarilganligini bilganlarida, Rossiya ko‘chalarida bayram bo‘ladi”, — deb hisoblaydi Navalniy.

Shunday qilib, Navalniy Rossiya aholisini qandaydir tarzda Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llaniladigan sanksiyalar ularga qarshi qaratilgan emasligiga ishontirish mumkinmi degan savolga javob berdi.

Aleksey Navalniy 2020-yil avgust oyining oxiridan beri Berlinda yashamoqda, siyosatchi u yerda zaharlanishdan keyin davolangan. Yevropa parlamentida rossiyalik siyosatchi videoaloqa orqali chiqish qilgan.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Aleksey Navalniyning zaharlangani sababli Rossiyaning olti nafar mansabdor shaxsiga qarshi sanksiya joriy qilgandi.

Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив