O‘zbekiston
yangiliklari

Madonna koronavirus bilan kasallanib qolishdan ortiq qo‘rqmasligini ma’lum qildi

Madonna koronavirus bilan kasallanib qolishdan ortiq qo‘rqmasligini ma’lum qildi
MADANIYAT
10:39, 03 май 2020
174
0
Amerikalik qo‘shiqchi Madonna COVID-19’ga qarshi antitanaga egaligi uchun koronavirusdan ortiq qo‘rqmasligini ma’lum qildi. U antitana borligini aniqlash uchun testdan o‘tgan, natija ijobiy chiqqan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”
“Men kuni kecha test topshirdim. Menda antitana borligini bildim. Shu sababli ertaga mashinada shunchaki uzoq safarga ketmoqchiman. Men oynani ochaman va COVID-19 bor havodan nafas olaman”, — dedi Madonna Instagram sahifasida.
Xonanda Londondagi uyida bolalari bilan izolyatsiyada bo‘lib turibdi.
Shifokorlar antitananing borligi kasallik yuqishini istisno etmasligini aytsa-da, Madonna kasallik unga xavf solmasligiga ishonmoqda. Xonanda o‘zini simptomlarsiz kasallanib, tuzalib bo‘lgan, deb hisoblamoqda.
Avvalroq Madonna virusni “buyuk tenglashtiruvchi” deb atab, uning qaysidir ma’noda “ajoyib”ligini aytgandi.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив