O‘zbekiston
yangiliklari

Jiji Hadid va Zeyn Malik farzandli bo‘ladi

Jiji Hadid va Zeyn Malik farzandli bo‘ladi
MADANIYAT
10:48, 03 май 2020
306
0
25 yoshli amerikalik model Jiji Hadid va 27 yashar britaniyalik qo‘shiqchi Zeyn Malik farzandli bo‘ladi, deb xabar beradi Cosmopolitan nashri.
Bundan ikki yil avval o‘rtalaridan qora mushuk o‘tganini aytmaganda, juftlik besh yildan ortiq vaqtdan beri iliq munosabatda.
Do‘stlarining aytishiga qaraganda, model ayni vaqtda homiladorlikning beshinchi oyida. Bundan xulosa qilinsa, Jijining to‘rt oydan keyin onalik baxtiga muyassar bo‘lishini bilish mumkin. Har ikki yoshning ota-onasi ham ushbu xushxabardan boshi ko‘kka yetgan va nabirali bo‘lishni orziqib kutmoqda. Farzandning o‘g‘il yoki qiz ekani sir tutilmoqda, deb yozadi TMZ.
23-aprel kuni Jiji 25 yoshini kichik doirada nishonlagan va Zeyn hamda singlisi Bella bilan tushgan suratini Instagram sahifasiga joylagandi. Kuzatuvchan muxlislar tomonidan suratda Jiji keng qora vodolazka kiyib, kattalasha boshlagan qornini yashirgani taxmin qilingandi.
View this post on Instagram

❣️🍰

A post shared by Gigi Hadid (@gigihadid) on

Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив