O‘zbekiston
yangiliklari

Koutinyo “Barselona”ga kerak emas. Braziliyalikning xizmatlari “Chelsi”ga taklif etildi

Koutinyo “Barselona”ga kerak emas. Braziliyalikning xizmatlari “Chelsi”ga taklif etildi
SPORT
23:28, 22 апрель 2020
133
0
“Barselona” hozirda “Bavariya”da ijarada to‘p surayotgan yarim himoyachi Filipe Koutinyoni sotib yuborishni istamoqda.
Sky Sports’ning xabar qilishicha, katalon klubi 27 yoshli futbolchini “Chelsi” va boshqa bir qator klublarga taklif qilgan. Shuningdek, braziliyalik iqtidor egasiga o‘zgarishlar arafasida turgan “Nyukasl”dan ham qiziqish bor.
Avvalroq Koutinyo Premyer Ligaga qaytishga qarshi emasligini aytgandi.
Joriy mavsum Koutinyo “Bavariya” safida Bundesligada 22 o‘yin o‘tkazib, 8 gol va 6 ta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив