O‘zbekiston
yangiliklari

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 466 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 466 kishiga yetdi
DUNYO
11:14, 16 апрель 2020
164
0
Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 17 ta holat qayd etildi. 16-aprel holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 466 kishiga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Kasallanish bo‘yicha yangi holatlar Bishkekda — 5, O‘sh viloyatida — 1, Norin viloyaitda — 11 kishida aniqlangan.
Ayni vaqtda kasallarning asosiy qismi — 131 bemor O‘sh viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Undan keyingi pog‘onada 93 nafar bemor bilan Jalolobod viloyati o‘rin olgan. Issiqko‘l va Botken viloyatlarida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha tegishli ravishda 6 va 5 ta holat aniqlangan. Talas viloyatida esa COVID-19 bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.
Infeksiyani yuqtirib olganlarning 251 nafari ayol bo‘lsa, 215 nafari erkaklar. Statsionarda 370 nafar fuqaro davolanmoqda. O‘tgan bir sutka ichida statsionardan COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 13 bemorga javob berilgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan davolanganlar soni 91 kishiga yetdi. Hozirga qadar mamlakatda COVID-19 oqibatida 5 kishi vafot etdi
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda pandemiya sabab 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy etilgan edi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, 1349 kishiga yetdi. O‘tgan bir oy davomida koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 107 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив