O‘zbekiston
yangiliklari

AQShda o‘tgan bir sutka ichida 1509 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi

AQShda o‘tgan bir sutka ichida 1509 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi
DUNYO
16:05, 14 апрель 2020
138
0
AQShda ketma-ket to‘rtinchi kun qurbonlar soni kamayishda davom etmoqda — o‘tgan bir sutka ichida koronavirus oqibatida 1509 kishi vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.
10-mart kuni AQShda COVID-19 qurbonlari soni 2,1 ming kishidan oshib ketgandi, shundan buyon pasayish davom etmoqda. Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda qariyb 582 ming kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, jami qurbonlar soni 23 621 kishiga yetgan.
Avvalroq Nyu-York meri Bill de Blazio shaharda koronavirus bilan kasallanganlar va kasalxonaga yotqizilganlar soni kamayganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 12-aprel kuni AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda birinchiga aylangan, tarixda ilk bor barcha shtatlarda yirik halokat rejimi e’lon qilingan.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив