Anjelina Joli tug‘ilgan kunida 200 ming dollar xayriya qildi

4-iyun kuni 45 yoshni qarshilagan Gollivud yulduzi Anjelina Joli mavjud epidemiya sabab tug‘ilgan kunini odatdagidek nishonlamadi, deb yozadi Harper’s Bazaar.
Aktrisa yana bir yoshga ulg‘ayganini farzandlari — 18 yashar Meddoks, 16 yashar Paks, 15 yashar Zahara, 14 yashar Shaylo hamda 11 yashar Viven va Noks davrasida nishonlagan. Jolining sobiq turmush o‘rtog‘i — aktyor Bred Pitt farzandlari bilan yaxshi munosabatda ekaniga qaramay, ushbu muhim kunda tashrif buyurmagan.
Anjelina tug‘ilgan kunida ham mamlakat hayotiga befarqmasligi va bag‘rikeng ekanini isbotlagan. U NAACP fondiga irqiy diskriminatsiyadan aziyat chekkanlar uchun 200 ming dollar xayriya qilgan, deyiladi xabarda.
“Diskriminatsiya va jazosizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, buni oqlash yoki tushuntirishning keragi yo‘q. Umid qilamanki, biz amerikaliklar jamiyatdagi eng katta xatolarni tuzatish uchun birlasha olamiz”, — degan Joli.
Место для вашей рекламы