O‘zbekiston
yangiliklari

Toshkentda ijarada turgan fuqaro xonadon egasini qo‘rqitib, undan 2 ming dollar olishga urindi

Toshkentda ijarada turgan fuqaro xonadon egasini qo‘rqitib, undan 2 ming dollar olishga urindi
YANGILIKLAR
11:49, 08 июнь 2020
195
0
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida ijarada turgan fuqaro xonadon egasini uning uyini olib qo‘yish bilan qo‘rqitib, 2 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Muzlik.Uz”ga ma’lum qildi. 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tumani bo‘limiga fuqaro N.N. murojaat qilib, Sergeli tumanida joylashgan xonadonida ijarada turgan fuqaro U.U. ismli shaxs unga tahdid qilganini bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, U.U. norasmiy turmush o‘rtog‘i xonadon uchun ijara to‘lovidan tashqari 50 million so‘m bergani to‘g‘risida yozilgan tilxatni qaytarib olish uchun N.N.dan 2 ming dollar talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda U.U. tovlamachilik yo‘li bilan N.N.dan yuqoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan U.U. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив