Foydalanuvchilarning qoniqish darajasi bo‘yicha eng yaxshi smartfon nomi e’lon qilindi. Bu iPhone emas

AQShda har yili turli xil smartfonlar egalari o‘rtasida mijozlarning ehtiyojlarini qondirish indeksi tuziladi — omadli qurilmalar soni bo‘yicha Apple g‘olib chiqdi, biroq barcha modellar orasida eng yaxshi deya 2018-yilgi Samsung flagmani topildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Mijozlarning qoniqish indeksi so‘rovlar natijasida aniqlanadi — tashkilot turli smartfon egalaridan o‘z qurilmalaridan ko‘ngli to‘lish yoki to‘lmasligini so‘rab chiqadi. Mazkur so‘rov 2019-yilning 15-aprelidan 2020-yilning 20-martiga qadar o‘tkazilgan bo‘lib, unda 27 ming foydalanuvchi ishtirok etgan.
Eng yaxshi smartfon ishlab chiqaruvchilar reytingining boshidan Apple o‘rin olgan — 82 foiz iPhone egalarining o‘z qurilmalaridan ko‘ngli to‘lgan. Ular Samsung Galaxy smartfonlarini biroz ortda qoldirgan — 81 foiz foydalanuvchi. Uchinchi o‘rinda esa LG kompaniyasining smartfonlari 79 foiz ko‘rsatkich bilan turgan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rin Motorola’ga nasib etdi (77 foiz).
Barcha modellar bo‘yicha alohida reyting ham bor. Eng omadli flagman deya 2018-yilda ishlab chiqarilgan Galaxy Note 9 topildi — 85 foiz foydalanuvchining ko‘ngli to‘lgan. Uning ortidan iPhone XS Max, Galaxy S9+ va Galaxy S10 84 foiz indeks bilan o‘rin olgan. Shu bilan birga, reytingda eng aktual flagmanlar deya Galaxy Note10 va yangi iPhone 11 topilgan.
Avvalroq dunyodagi eng kuchli Android-smartfonlar nomi e’lon qilingan edi.
Место для вашей рекламы