AQShda koronavirusga chalinganlar soni 1,5 mln kishidan oshdi

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 504 244 kishiga yetdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.
AQSh COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Mamlakatda hozirga qadar 90 193 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lsa, 272 265 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
Kasallar soni ko‘pligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Rossiya ketmoqda. Mamlakatda 18-may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinish bo‘yicha 8 926 ta holat qayd etilgan bo‘lib, bemorlarning umumiy soni 290 678 nafarga yetdi.
Avvalroq prezident Donald Tramp AQShda koronavirusga chalingan bemorlar soni kamayayotganini ma’lum qilgandi.
O‘zbekistonda 19-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2802 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilganidan buyon 2314 kishi sog‘aydi, infeksiya asoratlari oqibatida 13 nafar bemor vafot etgan.
Место для вашей рекламы