O‘zbekiston
yangiliklari

Isroillik olimlar suvdan antiseptik tayyorlash texnologiyasini yaratdi

Isroillik olimlar suvdan antiseptik tayyorlash texnologiyasini yaratdi
DUNYO
10:58, 16 май 2020
198
0
Isroilning Bar-Irlan nomidagi universitet olimlari oddiy ichimlik suvini dezinfeksiyalovchi vositaga aylantira oladigan yangi texnologiyani yaratdi — u bakteraya va viruslarni, xususan, koronavirus oilasiga kiruvchi organizmlarni yo‘q qilishga qodir, deb xabar beradi Medical Xpress.
Ta’kidlanishicha, mazkur antiseptik samarali va xavfsiz bo‘lib, yerosti suvlarini ifloslantirmaydi. Yangi texnologiya noyob sirt xususiyatlariga ega nanometr elektrodlardan foydalanishga asoslangan. Suyuqlik elektrodlar bilan o‘zaro ta’sirlashganda noyob muhitda tozalovchi vosita paydo bo‘ladi. Ushbu birlashmalarning kombinatsiyasi kuchli antibakterial xususiyat hosil qilib, teri hujayralari xavfsizligini ta’minlaydi.
Suvni dezinfeksiyalovchi vositaga aylantirish usuli turli ssenariylardan foydalanishni nazarda tutadi: aerozollar, qo‘lni yuvuvchi vosita, polni yuvish uchun, havoni tozalovchi va hokazo. Elektrodlarni istalgan shaklda ishlab chiqarish qobiliyati ushbu texnologiyadan istalgan joyda foydalanish imkonini beradi.
Antiseptikning yangi turi oddiy oqartirgichdan 100 barobar samaraliroq, shu bilan birga, u kam o‘lchamdagi konsentratsiya talab qiladi — bir litr uchun 5 000-20 000 milligram o‘rniga 50-200 milligramm.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив