O‘zbekiston
yangiliklari

Qashqadaryoda xavfli burilishda sirpanib ketgan taksi daraxtga borib urildi. Yo‘lovchi vafot etdi

Qashqadaryoda xavfli burilishda sirpanib ketgan taksi daraxtga borib urildi. Yo‘lovchi vafot etdi
SIYOSAT
14:57, 14 май 2020
247
0
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani 13-may kuni soat 12:30 larda odam o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.
Hodisa Nazartepa qishlog‘idan o‘tuvchi 4K-278 Beshkent—Denov avtomobil yo‘lining 12-kilometrida yuz bergan. 1984-yilda tug‘ilgan A.T. (erkak) Nexia avtomobili tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotganda yomg‘ir yog‘ganligi sababli yo‘lning xavfli burilish qismida mashina sirpanib ketgan. Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va mashina yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Oqibatda transport vositasi saloni oldi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 1963-yilda tug‘ilgan A.T. (erkak) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Kasbi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi yo‘lning xavfli burilish qismida bir hafta farqi bilan ikkita yuk mashinasi beton to‘siqqa urilgani va haydovchilar vafot etgani xabar qilingandi.
Joriy hafta mobaynida O‘zbekistonda odam o‘limi bilan yakunlangan bir nechta YTH sodir bo‘ldi. 11-may kuni Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida Lacetti motorollerga urilishi oqibatida 38 yoshli motoroller haydovchisi, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida Isuzu avtobusi velosipedchini urib yuborishi oqibatida 33 yoshli velosipedchi, 12-may kuni Buxoroning Romitan tumanida traktor tirkamasi ag‘darilib ketishi oqibatida 33, 34 va 38 yoshli ayollar, Xorazmning Yangibozor tumanida Matiz urib yuborishi oqibatida 4 yoshli bola, 13-may kuni Andijonning Buloqboshi tumanida “Kamaz” urib yuborishi oqibatida 30 yoshli velosipedchi vafot etdi.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив