O‘zbekiston
yangiliklari

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5279 kishiga, virus qurbonlari esa 32 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5279 kishiga, virus qurbonlari esa 32 kishiga yetdi
DUNYO
12:03, 12 май 2020
180
0
Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 33 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Tengrinews.
Kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida aniqlangan:
  • Atirau viloyati — 17;
  • Nur-Sulton — 5;
  • Jambil viloyati —3;
  • Olmaota — 3;
  • Kostanay viloyati — 2;
  • Mang‘istov viloyati — 1;
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 1;
  • Qizilo‘rda viloyati — 1.
Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5279 kishiga yetdi, 2108 nafar bemor sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirga qadar 32 bemor COVID-19 qurboniga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, 20-apreldan boshlab Nur-Sulton va Olmaotada karantin rejimi yengillashtirilgan, sanoat korxonalari, qurilish sohasi va ayrim xizmat ko‘rsatish tarmoqlari o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan.
O‘zbekistonda 12-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2509 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1988 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив