Futbol bo‘yicha Daniya chempionati ham davom ettiriladigan bo‘ldi

Koronavirus sabab to‘xtab qolgan futbol bo‘yicha Daniya chempionati o‘yinlari 28-may kunidan davom etadi.
Daniya Superligasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvlar muxlislarsiz o‘tkaziladi. Superliga mavsumi tugashiga ikki tur qolgan. Shuningdek, avvalroq qoldirilgan bitta uchrashuv ham bor.
Chempionat koronavirus pandemiyasi sabab 9-mart kuni to‘xtab qolgandi.
Daniyada COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 10,5 mingdan oshgan. 8,3 mingdan ortiq kishi tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. 500 nafardan ko‘p qurbon berilgan.
Ma’lumot uchun, Yevropada asta-sekin sport musobaqalarini davom ettirishga ruxsat berilmoqda. Jumladan, Germaniya Bundesligasi bahslari 16-maydan davom ettiriladi.
Shuningdek, Angliya hukumati mamlakatda 1-iyundan barcha professional sport musobaqalarini davom ettirishga ruxsat berdi. Shart shuki, barcha bellashuvlar, musobaqalar muxlislarsiz o‘tkaziladi.
Место для вашей рекламы