Boshidan yuzta zarba qabul qilib olgan Toni Fergyuson operatsiya qilinishi mumkin

Yengil vazn toifasidagi UFC jangchisi Toni Fergyusonda Jastin Getjiga qarshi kechgan jangdan keyin ko‘z soqqasi atrofidagi suyakda yorilish yuzaga kelgan. Bu esa jarrohlik amaliyotini talab qilishi mumkin.
“Toni operatsiya qilinishi mumkin”, — deydi Fergyuson jamoasi vakili.
Avvalroq Fergyuson Getjiga qarshi jangdan so‘ng shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi. Toni ko‘plab og‘ir zarbalarni o‘tkazib yuborgan. Jang vaqtida uning o‘ng ko‘zi atrofida g‘urra paydo bo‘lgan va qon ketgan. Ta’kidlanishicha, Getji Toniga 143 bor zarba bergan, ularning 100 tasi boshga tekkan.
Bellashuvning beshinchi raundida Getji texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Bu Fergyuson uchun 2012-yildan keyingi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Shu tariqa uning 12 ta g‘alabali seriyasiga yakun yasaldi.
Bundan tashqari u mazkur vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang qilish imkoniyatidan quruq qoldi.
Место для вашей рекламы