“Real” Pogba transferidan voz kechdi

“Real” klubi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba transferidan voz kechdi, deya xabar qilmoqda Marca.
Ta’kidlanishicha, madridliklar klubining fransiyalik yarim himoyachiga bo‘lgan qiziqishi so‘ngan. Endilikda jamoa “Renn” vakili Eduardo Kamavinga va “Chelsi” yetakchisi Ngolo Kante variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
2019/20-yilgi mavsumda Pogba Premyer Ligada 7 ta va Angliya Liga Kubogida bitta o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida ikkita samarali uzatma bor.
Joriy mavsum Kante “Chelsi” safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urishga erishdi. Kamavinga esa 36 o‘yinda ishtirok etib, 1 gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Место для вашей рекламы