Olimlar koronavirus tarqalishining asosiy kanalini aniqladi

Koronavirusning dunyo bo‘ylab keng tarqalishida aviaqatnovlar muhim rol o‘ynagan. Bu haqda Braziliyadagi Baiya federal universiteti tadqiqotida aytiladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, olimlar kasallik tarqalishiga ijtimoiy-iqtisodiy, iqlimga oid hamda transport faktori ta’sirini tahlil qilgan.
Tadqiqotchilar xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatgan mamlakatlar kasallik bilan kurashishda hozirga qadar aviaqatnovlarni davom ettirayotgan mamlakatlarga nisbatan ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan, degan xulosaga keldi.
Olimlarning fikricha, yo‘lovchi tashishning cheklanishi va chegaralarning yopilishi kasallanganlar sonining kamayishiga olib keladi. Shuningdek, test tizimini takomillashtirish va samolyotlar bortidagi nazoratni kuchaytirish virus tarqalishining oldini olishi qayd etilgan.
Место для вашей рекламы