“Atletiko” futbolchisida koronavirus aniqlandi

Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Renan Lodida koronavirus aniqlandi, deya xabar qilmoqda AS.
Lodida mart oyida xastalikning kichik belgilari kuzatilgan, hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda. 22 yoshli braziliyalik futbolchi ayni vaqtda Madriddagi uyida izolyatsiyaga olingan.
Avvalroq La Liga va Segundaning besh nafar futbolchisida koronavirus aniqlangani xabar qilingandi. Ushbu natijalar boshlang‘ich bo‘lib, testlar qayta o‘tkazilgandan so‘ng La Liga bu borada batafsil ma’lumot beradi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya hukumati koronavirus yuqtirib olish holatlari kamaygani sabab mamlakatda karantin qoidalari yengillashtirilishini ma’lum qilgan.
Место для вашей рекламы