O‘zbekiston
yangiliklari

Xiaomi Yaponiya bozori uchun yaratilgan reklama roligidagi yadroviy portlash sabab kechirim so‘radi

Xiaomi Yaponiya bozori uchun yaratilgan reklama roligidagi yadroviy portlash sabab kechirim so‘radi
DUNYO
10:54, 07 май 2020
192
0
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 9 smartfonlar seriyasining Yaponiyada sotuvga chiqishiga bag‘ishlangan reklama roligi uchun kechirim so‘radi, deb xabar beradi IXBT.
Rolikda tezkor 30 vattli quvvatlanish tasvirlangan. Biroq Xiaomi tomoshabinlar tasavvurini kuchaytirish maqsadida videoga yadroviy portlash tasvirini ham qo‘shishga qaror qilgan.
Natijada Xiaomi’ning Yaponiyadagi vakili kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi. Redmi Note 9 seriyasini targ‘ib qiluvchi rolik yapon reklamalari uchun an’anaviy tus olgan aqlbovar qilmas tarzda ishlangan. Biroq Xiaomi haddan oshirib yuborgan. Sujetga ko‘ra, rolikda bosh qahramon ishib ketadi va baqaloq tomni yorib havoga ko‘tarilib, yadroviy portlashni sodir etadi.
Eslatib o‘tamiz, “Baqaloq” — amerikaliklar tomonidan 1945-yilda Nagasaki shahriga tashlangan atom bombasining shartli nomi hisoblanadi.
Xiaomi Twitter ijtimoiy tarmog‘i orqali yapon foydalanuvchilaridan kechirim so‘rab, xorij bozoriga mo‘ljallangan mazkur reklamada shoshqaloqlikka yo‘l qo‘yilganini ta’kidlagan. Kompaniya yaponlarni butun dunyodagi foydalanuvchilar va ularning madaniyatlarni hurmat qilishiga, bundan keyin reklama materiallarini yaratishda yanada ko‘proq e’tiborli bo‘lishga ishontirgan. Kompaniya kelajakda bunday holatlarning oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga va’da bergan.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив