Karantindan keyin qanday yangi turk seriallari taqdim qilinadi?

Turk seriallari qancha ko‘p bo‘lishidan qat’i nazar, muxlislar yangi sujet, qahramon va yangi qiyofalarni o‘zida jamlagan filmlarni kutaveradi. Boshqa sohalar singari kinoda ham pandemiya sabab suratga olish jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilgani bois premyerasi bo‘lishi kerak bo‘lgan filmlar muddati ham cho‘zildi. Quyida karantin tugaganidan keyin ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan ba’zi turk seriallari haqida ma’lumot beriladi.

“Bay Yanlış” —“Janob xato”
“To‘lin oy”, “Tong qushi” singari filmlardagi bosh roli bilan yaxshi ma’lum Jan Yaman ishtirokidagi “Janob xato” seriali muxlislar tomonidan intizorlik bilan kutilmoqda. Aktyorlar tarkibiga eng yaxshi va iste’dodlilar saralab olinishi aytilmoqda. Serialning birinchi qismlari Bodrumda suratga olinadi.
Jan — xushchaqchaq restoran egasi O‘zgur rolini, Gurel — sevgi bobida hech omadi chopmagan Ezgi rolini jonlantiradi. Jan va Gurel bundan avval “To‘lin oy” serialida ham juftlik rolini o‘ynagandi.

“Saygi” — “Hurmat”
Mazkur filmda Miray Daner va Boran Kuzum juftlik rolini ijro qiladi. Aktyorlar serialga qiziqtirish maqsadida Instagram’da bir necha marotaba ma’lumot bergan. Premyera sanasi hozircha ma’lum qilinmagan. Voqealar davomiyligi 8 qismdan iborat bo‘lishi kutilmoqda.

“Sen Kapımı Çal” — “Eshigimni taqqillat”
O‘zbek tomoshabinlariga “Malikam endi qara” serialidagi ijrosi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Hande Erchel ishtirok etadigan mazkur filmning suratga olish jarayonlari iyun oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Hande Erchel tashkilot rahbari Serkan bilan uchrashganidan keyin hayoti o‘zgarib ketadigan talaba Edu obrazini jonlantiradi. Hande bilan, Kerem Bursin juftlik bo‘lishi kutilmoqda. Serial “Har yerda sen”, “Tong qushi” seriali ijodkorlari tomonidan suratga olinadi.
Место для вашей рекламы