O‘zbekiston
yangiliklari

Gromov: O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari qo‘ng‘iroq qilib, suv Qozog‘istonga o‘tmasligini ta’kidlagan edi

Gromov: O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari qo‘ng‘iroq qilib, suv Qozog‘istonga o‘tmasligini ta’kidlagan edi
SIYOSAT
11:34, 05 май 2020
167
0
Sardoba suv omboridagi falokat oqibatida 276 kvadrat kilometr maydon suv ostida qolgan bo‘lib, uning 76 kvadrat kilometri Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi, deya xabar bermoqda Tengrinews.
Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri o‘rinbosari Sergey Gromovning ta’kidlashicha, falokat yuz bergan 1-may kuni unga O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari bilan qo‘ng‘iroq qilgan va suv Qozog‘istonga o‘tmasligini ta’kidlagan.
“Ushbu ta’kidlarga qaramay, biz baribir evakuatsiya choralarini ko‘rdik va haq bo‘lib chiqdik. Baxtimizga, qurbonlar bo‘lmadi, odamlarni, chorvaning katta qismini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik”, — deya qayd etib o‘tdi Sergey Gromov.
Avvalroq Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi o‘rinbosari Saken Kalkamanov O‘zbekiston tomoni Sardoba suv omborining “bir tomchi suvi ham Qozog‘istonga o‘tmasligiga ishontirgani uchun” aholini evakuatsiya qilish ishlari kech boshlanganini ta’kidlagan edi.
“O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Turkiston viloyati hokimiga suv oqimi to‘xtaganini ta’kidlagandi. Shunga qaramay suv nega hali ham kelishda davom etayotganini bilmaymiz”, — degandi Saken Kalkamanov 3-may kuni qilgan chiqishida.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив