O‘zbekiston
yangiliklari

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 250 ming kishidan oshdi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 250 ming kishidan oshdi
DUNYO
11:50, 05 май 2020
166
0
Butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 250 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.
Ayni vaqtda koronavirus qurbonlari soni 251 510 kishiga yetdi. COVID-19 qurbonlarining to‘rtdan bir qismi AQSh hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 68 922 kishi. Mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha Nyu-York yetakchilik qilmoqda (19 057 kishi).
O‘lim holatlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Italiya ketmoqda — 29 079 kishi. Uchlikka 28 734 nafar qurbon bilan Buyuk Britaniya yakun yasagan.
Koronavirusdan vafot etganlar soni eng ko‘p bo‘lgan mamlakatlar qatoridan Ispaniya (25 428), Fransiya (25 168), Belgiya (7924), Braziliya (7288), Germaniya (6935), Eron (6277) va Niderlandiya (5082) o‘rin olgan.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив