Qashqadaryolik 11 yoshli Mirzohid o‘zi yig‘ib yurgan 12 ming so‘m pulini Sardoba uchun xayriya yordamiga qo‘shdi

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokatdan so‘ng butun O‘zbekiston suv toshqinidan jabr ko‘rgan vatandoshlarga yordam qo‘lini cho‘zdi. Qayd etishlaricha, xayriya yordami hajmi shu qadar ko‘p bo‘lganki, 3-may holati oqshomiga kelib sirdaryolik vatandoshlarning yordamga ehtiyoji qolmagani ma’lum qilindi.
Shunga qaramay, hududlarda tashkil etilgan xayriya yordamini qabul qilib olish markazlariga murojaatlar davom etmoqda, yosh-u qari jarayonga o‘z hissasini qo‘shishga harakat qilmoqda. Qashqadaryoda qayd etilgan holat ayniqsa e’tiborga molik — Qarshi shahrining “Beklar” mahallasida yashovchi 11 yoshli Mirzohid G‘ulomjonov o‘zi yig‘ib yurgan 12 ming pulini keltirib, xayriya yordamiga qo‘shgan.
Qayd etish joiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni suv toshqinidan jabr ko‘rgan sirdaryoliklar bilan uchrashuvida “bir-birimizga mehrimiz katta, bag‘rimiz kengligini butun dunyo ko‘rib turibdi, bu talofatdan qudratli bo‘lib, bir-birimizga mehrimiz oshib chiqishimiz kerak”, deb ta’kidlagan edi.
Место для вашей рекламы