O‘zbekiston
yangiliklari

“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z xulosalarini beradi”. Shavkat Mirziyoyev Sardoba falokati chuqur tahlil qilinishini aytdi

“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z xulosalarini beradi”. Shavkat Mirziyoyev Sardoba falokati chuqur tahlil qilinishini aytdi
PREZIDENT
10:55, 04 май 2020
281
0
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Sardoba tumanidagi “Qo‘rg‘ontepa” mahallasini borib ko‘rgan, qadrdon makoniga qaytgan mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘lgan edi. “O‘zbekiston 24” telekanalida davlat rahbarining aholi bilan muloqotidan lavhalar namoyish etildi.
So‘nggi uch-to‘rt kundan beri hammamiz bezovtalikka tushib qoldik, boshimizga katta kulfat keldi. Albatta, buning tahlilini hali ko‘p qilamiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘z xulosalarini aytadi, hamma chora-tadbirlarimizni qilamiz.
Lekin sizlar yolg‘iz emassizlar. To yashash sharoitlaringni to‘g‘rilamagunimizcha, sizlarni bu yerda tashlab ketmaymiz. Chiroqlaringni, gazlaringni, uylaringni, ko‘rpachalaringni, televizorlaringni — hammasini inobatga olamiz.
Bir kun ichida shuncha askarlarimiz, Mudofaa vazirligidan, Ichki ishlar vazirligidan keldi. Xudo xohlasa, ikki-uch kun ichida sabr-toqat bilan bu vaziyatdan chiqib ketamiz. Kayfiyatni juda yaxshi qilinglar.
Bu bir ko‘rgilik. Tashvish o‘z yo‘liga, endi juda tezkorlik bilan oqibatlarni tozalab olishimiz kerak. Shunga hamma harakatlarni qilyapmiz. Har kuni o‘zgarish bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Eslatib o‘tamiz, Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilmoqda.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив