O‘zbekiston
yangiliklari

Kimdir xijolat bo‘ladimi?

Kimdir xijolat bo‘ladimi?
SIYOSAT
10:28, 02 май 2020
118
0
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi multimedia markazining videosyujetida aytilishicha, yetkazish (“dostavka”) xizmatlarini ko‘rsatadigan taksi yo‘nalishlari avtomobillariga hozircha yo‘lovchi tashishga ruxsat berilgani yo‘q.
Vaholanki, Ichki ishlar vazirligi oldinroq “Gazeta.uz”ga shaxsiy va xizmat yengil mashinalari harakatlanishi mumkin bo‘lgan vaqt oralig‘ida — soat 07:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha — taksilar ham yo‘lovchilarni tashishi mumkinligini tasdiqlagan edi.
“Gazeta.uz”ning ichki ishlar idoralaridagi manbalar orqali aniqlik kiritishicha, Maxsus komissiyaning bayonida “yo‘lovchilar bilan birga” degan jumla mavjud emas. Vaholanki, bu jumla rasmiy manbalarda — “Huquqiy axborot” kanalida ham, @koronavirusinfouz Telegram-kanalida ham e’lon qilingan. Komissiyaning protokollari ochiq manbalarda e’lon qilinmagan.
Gap taksi xizmatining faoliyat yuritishi yoki yuritmasligi haqida emas, balki fuqarolarni, hech qursa o‘zi chiqarayotgan hujjatlarni hurmat qilishda. Bir og‘iz chiqib, rasmiy bayonot berib, uzr so‘ra, “noto‘g‘ri gapiribmiz” yoki “sizlarni chalg‘itibmiz”, deb qo‘y.
Yo‘q, bular O‘zbekiston fuqarolariga xizmat qilmaydi. Ular o‘zlaridan boshqa hech kimga xizmat qilmaydi. Ular hech kimga hisobdor emas. Sal xijolat bo‘lish kerak, hamma narsaning ham chegarasi bor. Yo‘qsa, protokolni e’lon qilsin.
Chap qo‘lning ishiga o‘ng qo‘l javob bermasa, ertaga bularga ishonch qoladimi?
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив