Foto: Italyan dizayniga ega to‘rt Aston Martin

Zagato kuzov atelyesi hamda Aston Martin o‘rtasidagi hamkorligi uzoq yillardan beri davom etib keladi. Moda sohasida italyan uslubi tez-tez britanlarniki bilan qarshi qo‘yiladi. Avtomobil va dizayn sohasida ham xuddi shunday: Angliya va Italiya milliy maktablari bir-biriga umuman o‘xshamaydi. Biroq qarama-qarshilik bir-biriga tortishadi. Birinchi Aston Martin Zagato modeli Ferrari bilan bellashish uchun yaratilgan, biroq trassadagi kurashlar milliarderlarning hamyoni jangiga aylanib ketgan, deb xabar beradi Motor.

Aston Martin DB4 GT Zagato, 1960-yil
DB4 GT Zagato — Aston Martin va Zagato o‘rtasidagi oltmish yillik hamkorlikning boshlanishi hisoblanadi. U g‘alaba ishtiyoqi sabab paydo bo‘lgan: Gudvuddagi Tourist Trophy poygalarida “oddiy” DB4 GT Ferrari 250 GT’ni hech qanaqasiga quvib o‘ta olmagan. “Britaniyalik” juda og‘ir va quvvati kam bo‘lgan. Milanning Zagato atelyesi esa poyga sportkarlari modifikatsiyasi bilan tanilgan.
DB4 GTZ dizayni uchun yosh Erkole Spada javob bergan, uning ishlari orasidan Alfa Romeo 155 va BMW 5-Series E34 ham o‘rin olgan. Uning mehnati natijasida alyuminiy kuzov bamperlaridan ayrilib, ancha suyrilashgan. Dieta sabab kupe 183 kilogramm “tashlagan”, quvvati esa 240 dan 314 ot kuchiga yetgan. Go‘zallik dunyoni qutqarishi mumkin, biroq bu Aston Martin’ga yordam bermagan: Ferrari baribir qayta ishlangan DB4’dan muvaffaqiyatli chiqqan. Natijada yaratilgan 19 mashina g‘alaba nashidasini sura olmay, turli kolleksiyalarga tarqab ketgan.

Aston Martin V8 Vantage Zagato, 1985-yil
Aston va Zagato’ning navbatida yutug‘ini chorak asr kutishga to‘g‘ri kelgan. 1984-yilda Jenevada Ferrari 288 GTO va Porsche 959 namoyish etilgan. Aston Martin rahbari esa o‘yga tolgan: “Nega italyan va nemislar cheklangan miqdorda kuchli mashinalarni yarata oladi, biz esa yo‘q?”. Bunda Zagato’ning yordami kerak bo‘ladi. Yaratilajak mashinaning ilk eskizlari 1985-yilning mart oyida taqdim etilgan. Birgina tasvirning o‘zi shu yilning avgustiga borib 52 kupeni sotilishiga kifoya qilgan. Avtomobil uchun 156 600 dollar so‘rashgan (hozirgi kundagi kurs bo‘yicha bu qariyb 375 ming dollarni tashkil etadi).
V8 Vantage Zagato nomini olgan mashina V8 Vantage’ning qisqartirilgan bazasi asosida yaratilgan bo‘lib, bu uning og‘irligining kamayishiga olib kelgan. 5,3 litrli V8 dvigateli 437 ot kuchiga ega bo‘lgan. Bu kabi quvvat bilan 1650 kilogrammli mashina 100 km/soat tezlikka 4,6 soniyada erisha olgan, maksimal tezligi esa 299 km/soat tezlikka yetgan.

Aston Martin DB7 Zagato, 2002-yil
2002-yilda DB7 modeliga sakkiz yil to‘lgan, DB9 yaratilishiga esa yana ikki yil bor. Jeneva avtosalonida britaniyaliklar Aston Martin va Zagato yana hamkorlikka qaytishini ma’lum qilgan. DB7 Zagato kuzovi “kengaytirish va qisqartirish” sxemasi asosida yaratilgan, biroq 1850 kilogrammli kupe superkarlar bilan poygalashish niyatida bo‘lmagan.
Aston Martin Vanquish Roadster Zagato, 2004-yil
DB7 Zagato’ning premyerasidan ikki yil o‘tib, 2004-yilda eng noyob ingliz-italyan sportkarlaridan biri yaratilgan. Uning ustida Aston Martin va Jaguar’ning sobiq dizayneri Ien Kellum hamda Zagato’ning ko‘plab mashinalarini yaratgan Norixiko Xarada ish olib borgan. Avtomobil tashqi ko‘rinishi bilan oddiy V12 Vanquish’dan katta farq qilmagan, faqatgina bir muhim detal — ushbu avlod Vanquish’ida “rodster” kuzovi bo‘lmagan.
Mashina o‘rindig‘ining orqasida oynali qubba bo‘lgan, uni xohishga qarab yengilgina ko‘tarish mumkin edi.
Место для вашей рекламы