Netflix Mishel Obama haqida film taqdim etadi

6-may kuni Netflix striming xizmatida Mishel Obama haqida hujjatli film namoyish etiladi. Bu haqda Buro 24/7 nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, film Mishel Obamaning “Gremmi” mukofotining “Eng yaxshi she’rlar to‘plami yoki audiokitobi” nominatsiyasiga loyiq topilishiga sababchi “Shakllanish” avtobiografik kitobini qo‘llab-quvvatlash maqsadida suratga olingan. Bu haqda uning o‘zi shunday degan:

Bemalol bir joyda yig‘ila olmasak-da, ochiq bo‘lishimiz va o‘zimizni boshqalar o‘rniga qo‘yib ko‘rishimiz kerak. Hamdardlik ayni damda bizning hayot chizig‘imiz ekan, uni diqqatimizni eng muhim narsalarga yo‘naltirish va dunyoni umidimiz asosida o‘zgartirish yo‘llarini topish uchun ishlataylik. Hikoyalarimiz hatto eng qiyin paytlarda ham qadriyatlar va aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Ular bilan bo‘lishib, olg‘a intilish yo‘llarini topamiz. Men sizlarni sevaman va barchangizni sog‘inib qolaman.
Mishel Obama, AQShning sobiq birinchi xonimi

Avvalroq Mishel Obama PBS telekanali bilan hamkorlik qilib, izolyatsiya vaqtida ota-onalarga yordam berish maqsadida bolalar uchun onlayn hikoyalar o‘qishni boshlagandi. U ishtirokidagi translyatsiyalar YouTube’dagi PBS Kids kanaliga joylab boriladi.
Место для вашей рекламы