O‘zbekiston
yangiliklari

Bitkoinning narxi bir sutkada 18 foizga oshib, 9200 dollarga yetdi

Bitkoinning narxi bir sutkada 18 foizga oshib, 9200 dollarga yetdi
DUNYO
10:32, 01 май 2020
134
0
Bitkoinning narxi bir sutkada 18 foizga oshib, 9200 dollarga yetdi. Mart oyidagi narx tushishidan keyin mazkur aktivning narxi 140 foizga oshdi. Bir sutka ichida bitkoinning savdolari hajmi 90 foizga oshib, 64 milliard dollarni tashkil qildi. Kriptovalyutalar bozorida bitkoinning ulushi 65,3 foizni tashkil qilmoqda. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Bitkoin bilan birga, altkoin ham qimmatlashgan. Ethereum’ning narxi 224 dollarni tashkil qilmoqda. Bir sutkada uning narxi 13 foizga oshgan, mart oyidagi pasayishdan keyin uning narxi 86 dollarga yoki 160 foizga qimmatlashgan. XRP tokenining narxi esa bir sutkada 8,7 foizga oshib, 0,234 dollarga chiqqan. Mazkur kriptovalyuta narxining bir yarim oylik o‘sishi 130 foizni tashkil qilgan.
Kriptovalyutalarning birinchi yuztaligida kapitalizatsiya qiymati oshishi bo‘yicha eng yuqori o‘sishni Streamr DATAcoin ko‘rsatgan. Bir sutkada uning narxi 57 foizga o‘sgan va 0,076 dollarga chiqqan.
Kriptovalyuta bozorining qiymati 226 milliard dollarga yetgan. Mart oyida bozorning qiymati 120 milliard dollargacha tushgan, o‘sha paytdan buyon bozorning o‘sishi 88 foizni tashkil qilgan.
Iqtisodchi va Real Vision kompaniyasi bosh direktori Raul Pal bitkoinning narxi besh yil ichida bir million dollarga yetishini va moliyaviy tizimning kelajagi bo‘lishini prognoz qilgan. Uning fikricha, o‘sha paytga borib oltinning narxi besh barobar oshadi va uning kapitalizatsiya qiymati 15 trillion dollarga yetadi.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив