O‘zbekistonda 1-2-may kunlari yomg‘ir aralash kuchli shamol — shtorm kuzatilishi kutilmoqda

O‘zbekiston hududiga 1—2-may kunlari Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy tumanlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
1-may kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shu kuni O‘zbekistonning qolgan hududlarida kechga borib yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
2-may kuni O‘zbekistonda yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Shamolning tezligi soniyasiga 15-29 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda shamol shiddati soniyasiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin. 30-aprel—3-may kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Место для вашей рекламы