O‘zbekiston
yangiliklari

Xitoyda o‘quvchilar maktabga X asrga oid bosh kiyimida kelmoqda. U bolalarga masofa saqlashga yordam beradi (video)

Xitoyda o‘quvchilar maktabga X asrga oid bosh kiyimida kelmoqda. U bolalarga masofa saqlashga yordam beradi (video)
DUNYO
15:28, 29 апрель 2020
208
0
Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi Xanchjou shahrida maktablar ishga tushdi, deb yozadi Meduza.
O‘quvchilarga niqoblarda hamda sinfdoshlariga bir metrdan yaqin borishga yo‘l qo‘ymaydigan qo‘lda yasalgan bosh kiyimlarda kelish tavsiya qilindi.
Bu bosh kiyim futou deb nomlanib, undan Sun sulolasi (960—1279-yillar) vaqtida amaldorlar va harbiylar foydalangan.
Taxmin qilinishicha, marosimlar paytida amaldorlarning o‘zaro pichirlab gaplashmasligi uchun ulardan futou kiyish talab qilingan.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив