O‘zbekiston
yangiliklari

Superliga klublari tarkibining narxlari e’lon qilindi. Eng qimmat tarkib “Paxtakor”da

Superliga klublari tarkibining narxlari e’lon qilindi. Eng qimmat tarkib “Paxtakor”da
SPORT
11:41, 28 апрель 2020
158
0
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston Superligasi klublari orasida eng qimmat tarkibga ega jamoa “Paxtakor” bo‘lib qolmoqda.
“Sherlar” tarkibi 11,9 million yevroga baholangan. Shu bilan birga aprel oyi boshidagi narx bilan hisoblaganda (14,1 million) “Paxtakor” Superliga eng ko‘p miqdorda arzonlagan klub bo‘lib turibdi — 2,2 million yevro.
Ikkinchi o‘rindagi “Lokomotiv” 1,3 million yevroga arzonlashgan bo‘lsa, kuchli uchlikka kirgan “Navbahor” tarkibi 920 ming yevro yo‘qotgan. So‘nggi o‘rinlardagi “Andijon” va “Metallurg”dan tashqari barcha jamoalar narxida pasayish bo‘lgan.
Superliga klublari tarkibining narxlari:
  1. “Paxtakor” — 11,9 million yevro
  2. “Lokomotiv” — 7,75
  3. “Navbahor” — 6,33
  4. OKMK — 5,8
  5. “Bunyodkor” — 5,6
  6. “So‘g‘diyona” — 5,33
  7. “Qo‘qon-1912” — 5,15
  8. “Nasaf” — 4,83
  9. “Surxon” — 4,6
  10. “Buxoro” — 4,1
  11. “Metallurg” — 3,98
  12. “Qizilqum” — 3,48
  13. “Andijon” — 2,68
  14. “Mash’al” — 2,3
Umumiy hisobda — 73,8 million yevro
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив