O‘zbekiston
yangiliklari

AQShda o‘tgan bir sutka ichida qariyb 2 ming kishi koronavirus oqibatida vafot etdi

AQShda o‘tgan bir sutka ichida qariyb 2 ming kishi koronavirus oqibatida vafot etdi
DUNYO
10:56, 26 апрель 2020
145
0
AQShda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus oqibatida 1995 kishi vafot etdi, yana 35 188 kishida virus aniqlandi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 933 933 kishiga yetgan, jami 53 449 kishi vafot etgan.
AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rindan Ispaniya (223 759), Italiya (195 251), Fransiya (159 957), Germaniya (156 418), Xitoy (83 901) hamda Rossiya (74 588) joy olgan. Butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 2,9 million kishiga yaqinlashib qoldi, jami qurbonlar soni 202 ming kishidan oshgan.
Amerikalik olimlarning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkin. AQSh Kongressi inqirozga qarshi qariyb 500 milliard dollarlik yordam dasturini ma’qullagan.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив