Xiaomi 2020-yil oxiriga qadar 150 megapikselli kameraga ega smartfonini taqdim etadi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 2020-yil oxiriga qadar 150 megapikselli kameraga ega smartfonini taqdim etadi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.ru.
2019-yilda Xiaomi ilk bor 108 megapikselli kameraga ega o‘zining mobil gadjetini — Mi Note 10 smartfonini taqdim etgandi.
Qariyb bir yil oldin Samsung o‘zining 108 megapikselli ISOCELL Bright HMX sensorini ishlab chiqargan, Xiaomi esa undan o‘z qurilmalarida foydalangan ilk kompaniyaga aylangan edi. IceUniverse’ning ma’lum qilishicha, Samsung yaqinda 150 megapikselli datchik ustida ishlarni tamomlagan. Bu kabi sensorga ega smartfonni yana birinchi bo‘lib Xiaomi ishlab chiqaradi.
Samsung’ning yangi texnologiyasi haqida hozircha batafsil ma’lumotlar mavjud emas. Faqatgina 150 megapikselli sensorga ega kamera 9 pikselni bittaga jamlashi ma’lum — Samsung Galaxy S20 Ultra kamerasi shu tartibda ishlaydi.
Shuningdek, insayderning ma’lum qilishicha, Samsung 250 megapikselli keyingi avlod kameralari ustida ham ish olib bormoqda.
150 megapikselli kameradan Xiaomi’dan tashqari boshqa ishlab chiqaruvchilar ham foydalanadi: Oppo va Vivo. Biroq Xiaomi 2020-yilning to‘rtinchi choragida rekord darajada smartfon ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, uning xitoylik raqobatchilari esa bu ishni 2021-yilning birinchi choragida — Snapdragon 875 protsessori chiqqanidan so‘ng amalga oshiradi.
Место для вашей рекламы