O‘zbekiston
yangiliklari

“Suratni virusga ko‘rsating, u itni baxtli qilish uchun bu yerdan ketadi”. G‘amgin buldog Twitter’da karantindan charchaganlik ramziga aylandi (foto)

“Suratni virusga ko‘rsating, u itni baxtli qilish uchun bu yerdan ketadi”. G‘amgin buldog Twitter’da karantindan charchaganlik ramziga aylandi (foto)
DUNYO
09:47, 25 апрель 2020
301
0
Twitter’da balkondan ko‘chadagi bolalarga qarab g‘amga botayotgan Big Poppa laqabli buldogning surati ommalashdi, deb yozadi TJournal.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni karantindan charchaganlik ramzi, deb e’lon qildi hamda kuchukcha yana do‘stlari bilan o‘ynay olishi uchun koronavirusga qarshi dori o‘ylab topishga chaqirdi.
“Big Poppa bugun juda g‘amgin. O‘ylashimcha, u avval birga o‘ynagan qo‘shni bolalarni sog‘inyapti. U hozir bolalarga balkondan qarab o‘tiribdi”
“U ishimni tugatishimni kutyapti. Har kecha shu ahvol!”
Kuchuk egasi 38 yoshli liboslar bo‘yicha rassom Ranshe Ellisning aytishicha, kuchukcha karantinni juda yomon o‘tkazyapti. U kun bo‘yi balkonga chiqib, odamlarga qarab o‘tiradi. Ko‘p uxlaydi, sekin harakatlanadi. Buldog avvalgidek quvnoq emas.
“U faqat men bilan o‘ynashdan charchadi, shekilli” — deydi Ellis.
Avvallari Ellis buldogni suratga olish jarayonlariga birga olib ketardi. Aktyorlar uni yaxshi ko‘rib, silardi. Biroq itning sevimli mashg‘uloti — qo‘shni bolalar bilan o‘ynash.
“U bolalarni juda yaxshi ko‘radi, keyin itlar va kattalarni, aynan shu tartibda”, — deydi Big Poppa’ning egasi.
Ellisning aytishicha, bir kuni u Poppa balkondan hovlida o‘ynayotgan aka-ukaga qarab o‘tirganini ko‘rib qolgan. “U qandaydir ovozlar chiqarib, bolalarning e’tiborini tortishga urindi. Lekin biz oltinchi qavatda yashaymiz. Bolalar Poppa’ning ovozini eshitmadi. Uning g‘amginligini ko‘rib, rasmga olishga qaror qildim”, — deydi Ellis.
Twitter foydalanuvchilari Poppa’ni shu qadar sevib qoldiki, ayrimlar uning uchun o‘lishga tayyorligini bildirdi.
“Mening buldogim ham biroz zerikyapti. Biroq karantin quchoqlari bilan rohatlanmoqda”
Ellis itining rasmiga bunday reaksiyadan hayratda ekanligini va buning taxminiy sababi nimada ekanligini yozib qoldirgan.
“O‘ylashimcha, odamlar bu rasmga qaraganida it nimani his etayotganini yaxshi tushunadi. Biz avval qilgan ishlarimizni qila olmayapmiz, do‘stlarimiz bilan uchrasha olmayapmiz.  Bizning ichki hissiyotlarimiz yoqimtoy buldogda o‘z aksini topdi. Siz olamni faqat uning uchun emas, balki o‘zingiz uchun ham o‘zgartirmoqchisiz. Chunki biz hammamiz shunday vaziyatdamiz”, — deb yozadi Ellis.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив