Rasman: UFC 9-may kuni musobaqa o‘tkazadi. Unda Toni Fergyuson, Genri Sehudo hamda Donald Serronelar jang qiladi

AQShning Jeksonvill shahrida (Florida shtati) 9-may kuni UFC 249 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati ma’lum qildi.
VyStar Veterans Memorial Arena’da kechadigan musobaqaning asosiy jangi yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempioni Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasida kechadi.
Shuningdek, kechaning asosiy kardidan bir qator yulduzlar ishtirokidagi janglar o‘rin olgan. Ular bilan tanishining:
O‘ta yengil vazn toifasi chempioni Genri Sehudo Dominik Kruzga qarshi jang qiladi.
Musobaqaning dastlabki kardidan quyidagi janglar o‘rin olgan:

Fabrisio Verdum — Aleksey Oleynik;
Karla Espraza — Mishel Uoterson;
Ronaldo Souza — Yuraya Holl;
Visente Luke — Niko Prays;
Brays Mitchell — Charlz Rosa;
Rayan Spenn — Sem Alvi.

Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasi 18-aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, biroq musobaqa koronavirus sabab qoldirilgandi. Dastlabki reja bo‘yicha asosiy jang yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo Habib Rossiyadagi karantin sabab musobaqada ishtirok etolmaydigan bo‘ldi. Shuningdek, mazkur kechada bo‘lib o‘tishi reja qilingan Islom Maxachev va Umar Nurmagomedovning janglari ham bekor bo‘lgandi.
Место для вашей рекламы