O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1836 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 25-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1836 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Avvalroq, 24-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1804 taga yetgani ma’lum qilingan edi.
O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 621 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.
Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.
Место для вашей рекламы