Mashinaga o‘tirayotganda tok ura boshlasa nima qilish kerak?

Mashinaga o‘tirayotganda haydovchini kuchli bo‘lmagan, biroq yoqimsiz tok urish holatlari uchrab turadi. Autorambler bu kabi holatlarning oldini olishda yordam beradigan masalahatlari bilan bo‘lishdi.
Aslini olganda, tok urushi — ustki kiyimning salondagi materiallar bilan ishqalanishi natijasida paydo bo‘ladigan statik elektr toki hisoblanadi. Sovet davrida mashinalarning orqa bamperiga rezina parcha — antisatik ilib qo‘yilgan. Hozirda bu kabi aksessuarlar bilan hech kim mashinasini bezamaydi, ammo “temir otning” tok urushi, baribir, yoqimsiz holat.
Buning oldini oluvchi bir necha variantlar bor. Statik elektr tokiga qarshi kurashda eng oddiy usul — salonga zaryad to‘planishiga qarshilik ko‘rsatuvchi maxsus vosita bilan ishlov berish. Buning ham o‘ziga yarasha kamchiligi bor — sprey tez o‘chib ketgani sabab uni muntazam sepib turish kerak.
Yana bir usul bu — metall kuzovga tegishi natijasida avtomobildagi tokni yerga uzatib yuboruvchi maxsus brelokdan foydalanish.
Agarda yuqoridagi variantlarning birortasi yordam bermasa, eng oddiy usul — shunchaki, salondagi biror metalldan ishlangan detalga teginib, tokdan xalos bo‘lish.
Bularning barchasi yordam bermasa, avtomobilning elektr tizimini mutaxassisga ko‘rsatish lozim.
Место для вашей рекламы