Huawei Cloud platformasi O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashishda yordam beradi

Hozirgi paytda O‘zbekiston hukumati COVID-19 virusining tarqalishini nazorat va bartaraf qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Karantin choralari mamlakatdagi barcha fuqarolar va tashkilotlarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunday kunlarda yaqin insonlaringiz bilan muloqot qilish, masofadan ishlash, ta’lim olish va onlayn maslahatlar o‘tkazish uchun aloqada bo‘lish eng muhim ehtiyojlardan biriga aylandi. Yaqinda Huawei kompaniyasi Uztelecom aloqa operatori bilan hamkorlikda unga tegishli axborotni qayta ishlash markazining o‘tkazuvchanlik salohiyati va manbalarni qo‘llagan holda, Huawei yaratgan bulutli videoservis platformasini jadallik bilan ishga tushirishdi. Mazkur platforma butun mamlakat bo‘ylab turli sektorlarga, jumladan, O‘zbekiston davlat organlari, tibbiy muassasalar, maktablar va har xil korxonalarga masofadan faoliyat yuritish imkoniyatini taqdim qiladi.
Ushbu xizmatni jadal tartibda yo‘lga qo‘yish maqsadida Huawei kompaniyasi o‘zining Shenjen shahridagi bosh qarorgohida O‘zbekistonda video konferensiya platformasini ishga tushirish loyihasi bo‘yicha tezkor guruh tuzdi. Unga HQ Intelligent Collaboration Solution Group mutaxassislari ham jalb qilinib, ular platformani masofadan foydalanishga topshirish jarayonida texnik yordam ko‘rsatishdi. Mutaxassislardan tashkil topgan jamoa, texnologiya dizayni va talablarga oid xususiyatlar tufayli, bulutda (Cloud) ishlaydigan FusionCompute video platformasini yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga, mahalliy muhandislarni uni ishlatish va boshqarishga o‘rgatish ishlari atigi to‘rt kunda nihoyasiga yetkazildi.
“Uzbektelecom” AJ bosh direktori Nazirjon Hasanov, shunday deb ta’kidlaydi: “Pandemiyaga qarshi kurashish sharoitida virus tarqalishining oldini olishga qaratilgan samarali choralarni qo‘llash maqsadida Huawei kompaniyasidan ko‘rsatilgan texnik yordam uchun minnatdormiz”. Huawei kompaniyasi milliy operatorning innovatsion yechimlardan foydalangan holda, pandemiya sharoitida aholiga yana-da ko‘proq manfaat keltirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va istiqbolda har qanday qiyinchilik va chaqiriqlarni birga yengish maqsadida o‘zaro hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildiradi.
Cloud asosida ishlaydigan video konferensiya platformasi
Bulutda (Cloud) ishlaydigan video konferensiya platformasi bir vaqtning o‘zida 1000 tadan ortiq video konferensiyani qo‘llab-quvvatlaydi, boz ustiga, shunchaki virtual mashinalarni (VM) qo‘shish orqali sig‘imni kengaytirish yo‘li bilan bu raqamni yana oshirish mumkin. “Uzbektelecom” AJ kompaniyasi avvalroq Huawei TE Desktop va TE Mobile ilovalardan iborat maxsus rejani ishlab chiqarishga ulgurgan. Platforma butun mamlakatdagi foydalanuvchilar kerakli resurslarga tezkor kirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun yuqori hajmdagi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ham ta’minlay oladi. Videoxizmatni Uztelecom bilan hamkorlikda rasman ishga tushirish uchun Huawei muhim hisob qaydlarini davlat organlari, tibbiyot va ta’lim muassasalari o‘rtasida tezkorlik bilan taqsimlab, yakuniy foydalanuvchilarga ushbu ishlanma bilan tanishishda yordam berdi. Mazkur video xizmatlar mamlakatni yangi koronavirus pandemiyasidan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab tatbiq qilindi.
Telemedetsina (Telemedicine)
Huawei kompaniyasi ko‘magida eng qisqa muddatlarda “103” — tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv markazi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Virusologiya instituti, Sog‘liqni saqlash vazirligi va 16-sonli shifoxona o‘rtasida video konferensiya aloqasini yo‘lga qo‘yilib, hukumat va shifoxonalar orasida masofaviy konsultatsiyalar imkoniyati yaratildi, hamda diagnostika va davolash samaradorligi oshirilib, kasallikni yuqtirish xavfi kamaytirildi.
Masofaviy ta’lim
Huawei hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi , Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlikda CloudLink texnologiyasi bazasida masofaviy aloqa orqali talabalar bilan sinovli dars loyihasini amalga oshirdi. Tizimga kirish uchun talabalardan shunchaki kompyuter, planshet yoki telefonga Huawei TE ilovasini o‘rnatish talab etilib, bu o‘qituvchilarga mashg‘ulotlarni CloudLink Board interfaol doskasi yordamida o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Huawei kompaniyasi shourumida o‘tkazilgan uchrashuv davomida Huawei direktori Lyu Szyasin va soha vaziri Inomjon Majidov mazkur yechimning O‘zbekiston universitetlarida qo‘llash, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab talabalarga masofaviy ta’limga ulanish imkoniyati beradigan tarmoq va zaruriy qurilmalarning mavjudligiga oid masalalarni muhokama qilishdi. Ushbu loyihaning birinchi sinov ko‘rinishi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tashkil qilingan smart-xonalar bazasida yo‘lga qo‘yish borasida qaror qabul qilindi.
Murakkab paytda ko‘mak
Mart oyida Huawei beg‘araz ko‘mak sifatida Toshkent xalqaro aeroportiga ikkita teplovizor kameralarini taqdim qildi. Ular uchib kelgan yo‘lovchilarning tana haroratini real vaqt rejimida nazorat qilishda qo‘llanilib, aeroport mutaxassislariga potensial xatarlarni samarali aniqlash va yo‘lovchilarning umumiy xavfsizligini ta’minlashga yordam berdi. Shu bilan bir qatorda, kompaniya o‘zining yuqori ijtimoiy va korporativ mas’uliyatini namoyish qilgan holda,xitoylik hamkorlari bilan O‘zbekiston hukumatiga koronavirusga qarshi kurash uchun zaruriy tibbiy dastgohlar va moslamalarni xarid qilishda yordam berib kelmoqda.
Место для вашей рекламы