O‘zbekiston
yangiliklari

Tesla Cybertruck elektropikapi suvda ham suza olishi ma’lum bo‘ldi

Tesla Cybertruck elektropikapi suvda ham suza olishi ma’lum bo‘ldi
DUNYO
23:32, 22 апрель 2020
153
0
Tesla Cybertruck suvga tushib qolsa, qanchadir muddat suza oladi. Masalan, elektropikap chuqur ko‘lmaklar va irmoqlarni hech qanday talafotsiz bosib o‘ta oladi. Bu haqda Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Tesla elektropikapi qayiq kabi suza oladi. Amerika korporatsiyasi rahbarining bu kabi “maqtanchoqligi” birinchi marotaba emas. Bir necha yil oldin u Model S sedani germetik akkumulyatori sabab bemalol suza olishini bildirgandi.
Ilon Mask Cybertruck cho‘kib ketguniga qadar suvda qancha muddat tura olishiga aniqlik kiritmagan. Tesla rahbarining bayonotini real sharoitda 2021-yil oxiriga borib sinab ko‘rish mumkin bo‘ladi. Aynan o‘sha davrdan boshlab elektropikapni seriyali ishlab chiqarish boshlanadi.
Shunga qaramay, Amerika kompaniyasi Cybertruck uchun yarim milliondan ortiq buyurtma olgan. Modelni xarid qilishni istaganlar 100 dollar miqdorida depozit qo‘yishlari kerak. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab ikkita elektromotorga ega, bir marta quvvatlanish orqali 500 kilometr yura oladigan Cybertruck sotuvga chiqadi.Tesla elektropikapining narxi 49 900 dollar.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив